AsosiyJamiyat

Advokatlar palatasiga yangi rais caylandi

'Advokatlar palatasiga yangi rais caylandi'ning rasmi

 O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri kiritgan taqdimnomaga binoan, 2023 yilning 18 noyabr kunidagi Advokatlar palatasining IV Konferensiyasida Advokatlar palatasi raisi etib – Sadikov Shuxrat Shavkatovich saylandi.

Sadikov Shuxrat Shavkatovich 1962 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, 1988 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan ma`lumoti oliy, huquqshunos. U o`z mehnat faoliyatini turli xil tashkilotlarda huquqshunos, advokatlik tuzilmalarida advokat, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining Sud-xuquq masalalari bo`yicha komissiyasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Bugungi kunga qadar u “Qomus” advokatlik hay`ati advokati hamda Advokatlar palatasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 

 

 

 

 


 

    Boshqa yangiliklar