AsosiyJamiyat

Toshkentda "Tez yordam" shifokori bemor ayolga jinsiy zo`ravonlik qilgani aytilmoqda

'Toshkentda "Tez yordam" shifokori bemor ayolga jinsiy zo`ravonlik qilgani aytilmoqda'ning rasmi

Toshkentdagi universitetda dars beradigan, xorijiy tillar bo`yicha PhD qilmoqchi bo`lgan olima "Tez yordam shifokori zo`ravonligiga uchradi. Bu haqda bloger Shahnoza Soatova ayol tomonidan qilingan murojaatga asosan xabar qoldirdi. 

Ma`lum qilinishicha, bir nafar yosh bolasi bilan yolg`iz yashovchi ayol 16 noyabrdan 17 chiga o`tar kechasi tobi qochgan, "Tez yordam" chaqirgan. Yolg`iz o`zi yosh bolasi bilan yashagani va kechqurun bo`lgani uchun iloji bo`lsa ayol shifokor so`ragan. Lekin ikki soatda ham ayol shifokor topilmagani uchun tungi soat 00:15 da erkak shifokor bir o`zi kirib kelgan. Uchta shprisda ukol qilgan. Oxirgisini qilayotgan paytdayoq ayol o`zini g`alati his qila boshlagan. “Miyam birdan mast odamnikiday garang bo`lib qoldi, osmonga uchayotgandek bo`ldim. Es-hushim joyida, lekin oyoq-qo`lim bo`shashib, o`zimga bo`ysunmay qoldi” deydi ayol.

Xullas, "tez yordam" shifokori ayolning ojizligidan foydalanib unga nojo`ya qiliqlar qilgan, qo`li bilan jinsiy zo`rlagan. Yana ko`proq ishlar qilmoqchi bo`lganu, ayol holi boricha qarshilik qilavergach, nihoyat ketgan.

Ayol ertasi kechgacha xayoli o`zida bo`lmagan, kechga borib nima bo`lganini anglab, 102 ga qo`ng`iroq qilgan, lekin uchastka noziri etarli tezkorlik ko`rsatmagan, ayolga “baribir isbotlashingiz qiyin” deb murojaatidan voz kechishga undagan. Ayol qat`iyat ko`rsatgach, sudmedekspertizaga yo`llanma bergan. 

Ayol sudmedekspertizaga borgan, ish kuni tugab qolgani uchun ishi bitmagan. Ertasi shanba ham shu ahvol. Sudmedekspertiza, narkologiyaga borib vaqti zoe ketgan. Uchastkovoy esa hamon “baribir isbotlay olmaysiz” pozisiyasida. "Tez yordam" qoldirib ketgan shprislardagi modda qoldiqlarini ham hech kim e`tiborga olmayapti. Portalga qilingan qo`ng`iroqlar, murojaatlar oxirigacha eshitilmay qo`yib qo`yilyapti. 

Hozirda ushbu holat bo`yicha biror rasmiy munosabat bildirilgani yo`q. 

 

    Boshqa yangiliklar