AsosiyJamiyat

Toshkentda 32 yoshli erkak o`zini 15-qavatdan tashlab, halok bo`ldi

'Toshkentda 32 yoshli erkak o`zini 15-qavatdan tashlab, halok bo`ldi'ning rasmi

2023 yil 18 noyabr kuni 32 yoshli Sh.X. o`zi yashab kelayotgan Yunusobod tumanidagi ko`p qavatli turar joy majmuasining 15-qavatidan o`zini tashlab yuborib, joniga qasd qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Aniqlanishicha, Sh.X. mazkur xonadonda 2000 yilda tug`ilgan N.R. bilan birga qonuniy nikohdan o`tmasdan istiqomat qilib kelgan. Marhum o`z joniga qasd qilishidan taxminan 2 kun oldin osmonda uchgisi kelayotganligi haqida ayolga aytgan. 18 noyabr kuni erkak ishga bormasdan uyda qolishini ayolga aytgan va N.R. ishdan kelguniga qadar Sh.X. o`z joniga qasd qilgan.

Ma`lum bo`lishicha, marhum 2020 yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida “shizofreniya” tashxisi bilan ro`yxatda turib, davolanib kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, o`z joniga qasd qilish sabablari aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi. 

    Boshqa yangiliklar