AsosiyJamiyat

“O`zgidromet” bugungi ob-havo prognozini e`lon qildi

'“O`zgidromet” bugungi ob-havo prognozini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 24-26 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda qum bo`ronlari bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda qum bo`ronlari bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda qum bo`ronlari bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim tumanlarda qum bo`ronlari bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi.  Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlaridahavo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi  3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar