AsosiyJamiyat

Toshkentda bemorga jinsiy zo`ravonlik qilgani aytilgan "Tez yordam" feldsheri ushlandi

'Toshkentda bemorga jinsiy zo`ravonlik qilgani aytilgan "Tez yordam" feldsheri ushlandi'ning rasmi

Kuni kecha, Toshkentda bemor ayolga jinsiy zo`ravonlik qilgani aytilgan "Tez yordam" feldsheriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati boshlig`i Nilufar Isaxanova gumonlanuvchi feldsher hozirda prosessual tartibda ushlangan, ammo hali ehtiyot chorasi tanlanmaganini ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Eslatib o`tamiz, Sog`liqni saqlash vazirligi vaziyatga aniqlik kiritilmaguncha jamoatchilik vakillaridan masalani turlicha talqin qilmasliklarini so`ragan edi. 

    Boshqa yangiliklar