AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan mast odamni urib yubordi (video)

'Toshkentda avtobus yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan mast odamni urib yubordi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda "Yutong CNG" rusumli avtobus odam urib yuborgani aytilgangan videoxabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" rasmiy ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, joriy yilning 20 noyabr kuni soat 17:37 larda "8-Avtobus saroyi" filialiga qarashli 82-sonli "Ibn Sino dahasi 1 – Yunusobod dahasi 17" yo`nalishidagi  “Yutong CNG” rusumli, davlat raqami 01|239 QKA bo`lgan avtobus (haydovchi Sh.P 1988 y.t. staji 13 yil) Olmazor tumani Gulsaroy ko`chasidan harakatlanib kelib Qorasaroy ko`chasiga qayrilib olish vaqtida yo`lning belgilanmagan qismidan to`satdan yugurib kelgan mast holatdagi  fuqaro (H.B 1976 y.t) avtobusning o`ng tomon o`rta yon qismiga urilishi natijasidan yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olgani sababli voqea joyiga tez tibbiy yordam chaqirilgan va fuqaroga tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Hozirda ushbu yo`l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

"Hurmatli piyodalar! Yo`llarda harakatlanayotganingizda yo`l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo`llarda e`tiborli bo`lishingizni so`raymiz!", deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar