Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tumanining bir guruh maktab o`quvchilari Oltiariq tumaniga sabzi kovlash uchun ketayotgan vaqtida avtohalokatga uchragani, oqibatda 6 nafar bola halok bo`lgani, 4 nafari og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar tarqaldi.
Darakchi.uz holatga aniqlik kiritish uchun Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog`landi.
Ma`lum qilinishicha, Uchko`prik tumanida 21 noyabr kuni, soat 08:20 larda, Uchko`prik tumani, Mexnatobod MFY, hududida, haydovchi 2000 yilda tug`ilgan Sirdaryo viloyati, Xovos tumani yashovchi E.Sherzod “Isuzi” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil ishorasida to`xtab turgan, haydovchi 1994 yilda tug`ilgan Uchko`prik tumanida yashovchi M.B boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, “Damas” yo`lovchilari Buvayda tumanida yashovchi D.M va Q.G tan jarohati olishib, voqea joyida vafot etishgan.
Shuningdek “Damas” yo`lovchilari voyaga etmagan 10-sinf o`quvchilari Sh.M, Yo.N hamda 1988 yilda tug`ilgan A.Dlar va “Damas” xaydovchisi B.M tan jarohati olishib, davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Tuman IIB TB tomonidan E.Shga nisbatan O`z.R.JKning 266-m. 3-q. “a” bandi bilan 302211/2023-405-sonli jinoyat ishi qo`zg`atilgan.