1

O`lik toshbaqa ustida “serfing” uchgan avstraliyalik erkaklarga nisbatan qidiruv e`lon qilindi

Dunyo 02.11.2016, 17:22
O`lik toshbaqa ustida “serfing” uchgan avstraliyalik erkaklarga nisbatan qidiruv e`lon qilindi

Kvislend yovvoyi tabiatni himoya qilish xizmati o`lgan toshbaqa ustiga chiqib, “serfing” uchgani aks etgan suratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan ikki erkakka nisbatan qidiruv e`lon qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Facebook foydalanuvchisi Mett Rayt (Matt Wright) o`lik toshbaqa ustiga chiqib olgan erkaklarning suratini skrinshot qilib, ijtimoiy tarmoqqa joyladi va ularni qidirib topishga  harakat qildi. Hozircha suratning asl nusxasi topilmadi.

Mett Rayt surat tagiga “Miyang yong`oqdek bo`lsa, fikrlashing ham shunga yarasha bo`ladi. Shu izohni bo`lishing, balki shunda bu axmoqlar jarimaga tortilar”, deb yozgan.

Agar erkaklarning aybi isbotlansa, ularga 15 ming dollar miqdorida jarima solinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1