AsosiyJamiyat

Kasalxonada erkak shifokorning rad javobi tufayli unga temir stul uloqtirdi (video)

'Kasalxonada erkak shifokorning rad javobi tufayli unga temir stul uloqtirdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro kasalxonada erkak shifokorning rad javobi tufayli unga temir stul uloqtirgani aks etgan video tarqaldi.



Bosh prokuratura mazkur videoxabarda ko`rsatilgan shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligini ma`lum qildi.

Shaxs oliy ta`lim muassasasi talabasi ekanligi aniqlandi.

"Oliy ta`lim muassasasi manfaatlariga zarar etkazmaslik maqsadida boshqa ma`lumotlar oshkor qilinmaydi" deyilgan xabarda. 

 Ushbu voqea Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida sodir bo`lgani aytilmoqda. 

Tibbiyot muassasasida shifokor va fuqarolarning bir-birlari bilan janjallashayotgan holati aks etgan videotasvir yuzasidan Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi batafsil ma`lumot berdi.

"Dastlabki holat bo`yicha bugungi kunda 7-son shahar klinik shifoxonasida aholiga qulaylik yaratish va kechiktirib bo`lmaydigan holatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tibbiyot muassasasi qabulxonasi qoshida zamonaviy diagnostik uskunalar bilan jihozlangan “Emergency room” maxsus xonalari tashkil qilinib, ularda bemorlarga zarur tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Bugungi kunda mazkur shifoxonaga bir sutkada 300 nafarga yaqin fuqaro tibbiy yordam ko`rsatish, ko`rikdan o`tish va tibbiy maslahat olish uchun murojaat etadi.

Ularga malakali tibbiyot xodimlari tomonidan o`rnatilgan standartlarga muvofiq tibbiy ko`rikdan o`tkazish, diagnostika ishlarini olib borish, ambulator va stasionar tartibda tibbiy yordam ko`rsatish, professional tibbiy maslahat berish, reabilitasiya qilish va davolashga qaratilgan boshqa xizmatlar ko`rsatilmoqda.

Ushbu tibbiy xizmatlarning barchasi bepul va tunu kun davomida o`rnatilgan standartlar va sifat darajasiga mos tarzda amalga oshiriladi. Shu boisdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz.

Shuningdek, shifokor va fuqarolarning bir-birlari bilan janjallashayotgani aks etgan videotasvirdagi holat ham mazkur shifoxonada joriy yil 6 noyabrda sodir bo`lgan.

Aniqlanishicha,shu kuni soat chamasi 16:00 lar atrofida 2001 yilda tug`ilgan fuqaro S.A. qabulxonaning yuz-jag` jarrohligi xonasiga yutinishdagi og`riqlar, chaynashning qiyinligi, ikkala tomon jag` osti sohasidagi shish va tana haroratining ko`tarilishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Bu paytda shifokor D. Muhitdinova navbatchilikda bo`lgan.

Fuqaro shifokor tomonidan ko`rilganda burun-halqum va bodomsimon bezlar giperemiyalashishi kattalashgani, giperemiya butun og`iz bo`shlig`i shilliq qavatiga tarqalgani, ikki tomonlama jag` osti va bo`yin limfa tugunlari simmetrik kattalashgani hamda tana harorati 37,5 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.

Shunga ko`ra, shifokor tomonidan bemor virus etiologiyali rinofaringit yoki infeksion mononukleozga gumon qilinib, virusolog-mutaxassis ko`rigiga yuborilgan. Bundan esa u va yaqinlari norozi bo`lib, shifokorga o`ta qo`pol munosabatda bo`lgan va unga qarata stul otgan" deyiladi xabarda.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari yuzasidan batafsil ma`lumot beriladi.
 

    Boshqa yangiliklar