AsosiyJamiyat

Farg`onadagi YTHda 2 ayol vafot etdi

'Farg`onadagi YTHda 2 ayol vafot etdi'ning rasmi

21 noyabr kuni ertalab 8:20 larda Uchko`prik tumani, Mehnatobod MFY hududida 23 yoshli haydovchi Sh.E “Isuzi” rusumli avtomobilida oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil ishorasida to`xtab turgan Damas bilan to`qnashdi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Yo`l-transport hodisasi natijasida “Damas” avtomashinasi yo`lovchilari 1987 y.t. M.D va 1988 y.t. G.Q. (ayol)lar tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, hodisa oqibatida yana 2 nafar voyaga etmagan qizlar, 1 nafar ayol va haydovchi, jami 4 nafar shaxslar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Sh.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda vafot etganlar soni ko`proq bo`lgani va bolalar ham vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Farg`ona viloyati IIB matbuot kotibi YTHda bolalar vafot etganini rad qildi.

    Boshqa yangiliklar