Bosh prokuratura matbuot xizmatining Darakchi.uz'ga bergan xabariga ko`ra, joriy yilning 21 noyabr kuni Qo`qon shahar Amirqulmergan MFY Navbaxor ko`chasi raqamsiz uyda yashagan, 1972 yilda tug`ilgan fuqaro S.K. va uning turmush o`rtog`i 1974 yilda tug`ilgan X.K.lar yashash xonadonining yotoqxonasida is gazidan zaxarlanib vafot etgan.
Shifoxona tomonidan taqdim etilgan dastlabki xulosasida fuqarolar S.K. va X.K.larning o`limiga is gazidan o`tkir zaharlanish sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.
Hozirda marhumlarning o`limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur xolat yuzasidan tergovga kadar tekshirish xarakatlari olib borilmoqda.






