AsosiyJamiyat

Toshkentda axlatni maxsus idishga tashlashni aytgani uchun milliy gvardiya xodimi bilan janjallashgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

'Toshkentda axlatni maxsus idishga tashlashni aytgani uchun milliy gvardiya xodimi bilan janjallashgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Sal avval, Sergeli tumanida Milliy gvardiya xodimi va fuqaro o`rtasidagi janjal aks etgan video tarqalgan va fuqaroga qonuniy chora ko`rish uchun uni qidirib topish choralari ko`rilayotgani xabar qilingan edi.

Ayni paytda Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar qilishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur holatni sodir etgan shaxs 1981 yilda tug`ilgan, Shayxontohur tumanida doimiy yashaydigan, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan sudlangan, oilali, muayyan bir mehnat faoliyati bilan shug`ullanmaydigan fuqaro S.J. ekanligi aniqlanib, qo`lga olingan.

Aniqlanishicha, fuqaro S.J. 2023 yilning 12 noyabr kuni Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko`chasida joylashgan ovqatlanish shahobchasi oldida qo`lidagi chiqindilarni shu erda o`rnatilgan maxsus chiqindi qutisiga tashlamay, piyodalar yo`lagiga qasddan tashlagan.

Mazkur holatni ko`rib qolgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida S.J. ga belgilanmagan joyga tashlangan chiqindilarni maxsus chiqindi qutisiga tashlash talabini qo`yganida, fuqaro talablarni bajarishdan bosh tortib, xizmat vazifasini bajarayotgan harbiy xizmatchiga faol qarshilik ko`rsatib, uni omma oldida obro`sizlantirganligi va haqorat qilganligi uchun uning xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy baho berish maqsadida to`plangan hujjatlar Sergeli tuman prokuraturasiga yuborildi. Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar