AsosiyJamiyat

1 yanvardan boshlab mikromoliyalashtirish faoliyati bilan shug`ullanuvchilarga bir qator engilliklar berilmoqda

'1 yanvardan boshlab mikromoliyalashtirish faoliyati bilan shug`ullanuvchilarga bir qator engilliklar berilmoqda'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining Yangier shahri, Sirdaryo va Xovos tumanlarida kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo`llab-quvvatlash bo`yicha o`quv seminarlar bo`lib o`tdi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil – Biznes-ombudsman o`rinbosari Jamshid Urunov hamda viloyat mutasaddilari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda kichik va o`rta biznesni moliyalashtirish bo`yicha davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati to`g`risida so`z bordi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 18 avgust kuni davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida tadbirkorlarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirishga urg`u berilgandi.

Ochiq muloqot doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta`minlash, xalqaro moliya institutlaridan to`g`ridan-to`g`ri mablag` jalb etish imkoniyatini yaratish maqsadida joriy yilning 10 noyabridagi Prezident Farmoni bilan “Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi” “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinishi belgilandi.

Kompaniya tomonidan 2024 yil 1 martdan boshlab kichik va o`rta tadbirkorlik sub`ektlariga ulush kiritish, xizmatlar ipotekasi, milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslar joylashtirish, kafillik va kompensasiya taqdim qilish kabi qo`llab-quvvatlash choralari takdim etiladi.

Kompaniya tomonidan kompensasiya «1+2» tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etiladi, keyingi ikki yil davomida tadbirkorlik sub`ekti tomonidan yaratiladigan yangi ish o`rinlari soni rejasi bajarilishi va realizasiya qilingan mahsulot (xizmat) bo`yicha tushum kamida 15 foizga oshgan taqdirda davom ettiriladi.

Bundan tashqari, 2023 yil 10 noyabrdagi Prezident qaroriga ko`ra, mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, aholining keng qatlamlari tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, hududlarda mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish ko`lamini kengaytirish maqsadida mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish dasturi amalga oshirilishi belgilandi.

Qaror bilan 2024 yil 1 yanvardan boshlab mikromoliyalashtirish faoliyati bilan shug`ullanuvchilarga bir qator engilliklar berilmoqda. Xususan, 

-        mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so`mdan 100 mln so`mgacha oshirilishi;

-         nobank kredit tashkilotlari AJ yoki MChJ shaklidatashkil etilishi;

-         mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablag`larini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada xizmatlar ko`rsatishga ruxsat berilishi;

-         mikromoliya tashkilotlari tegishli lisenziya olgan holda to`lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo`lishi va boshqa bir qator imkoniyatlar shular jumlasidandir.

 

    Boshqa yangiliklar