AsosiyJamiyat

Quvasoyda mahalla raisi jarimaga tortildi

'Quvasoyda mahalla raisi jarimaga tortildi'ning rasmi

Quvasoy shahrida 2 tup tolni kesishga ruxsat bergan mahalla raisi jarimaga tortildi. 

O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 79-moddasida daraxtlarni, butalarni, boshqa o`simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo`q qilish yoki boshqa joyga ko`chirib o`tkazish uchun javobgarlik belgilangan.

Farg`ona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi Quvasoy shahar bo`limi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan reyd tadbirlarida Quvasoy shahar "Cho`lpon" mahallasida yashovchi fuqaro T.D.ning  uyi oldidan o`tuvchi gaz trubalariga xalal berayotgan 2 tup tol daraxtini kesishga o`zboshimchalik bilan ruxsat bergan mahalla raisi S.Q.ning xatti-harakatiga huquqiy baho berildi. 

Holat bo`yicha mahalla raisi S.Q.ga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismi bilan BHMning 10 baravari miqdorida jarima hamda o`simlik dunyosiga etkazilgan 11055000 so`m zarar hisoblandi.

    Boshqa yangiliklar