AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 10 kun avval bedarak yo`qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi

'Sirdaryoda 10 kun avval bedarak yo`qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi'ning rasmi

Gulistonda bedarak yo`qolgan ayolning jasadi topildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 12 noyabr kuni M.N. Guliston shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, 1974 yilda tug`ilgan singlisi A. S. 12 noyabr kuni yashash xonadonidan noma`lum tomoniga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo`qolganligini ma`lum qilib, uni topishda amaliy yordam so`ragan.

Joriy yilning 22 noyabr kuni Guliston shahar IIB navbatchilik qismiga Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro Z.X. qo`ng`iroq qilib, Guliston shahar hududidan oqib o`tuvchi “Do`stlik” kanalining 53 kilometridan noma`lum ayol jinsiga mansub fuqaroining murdasini ko`rganligini qayd etgan. 

S.A.ning murdasi tanib olish uchun akasi M.N.ga ko`rsatilganda kiyim kechaklaridan, qosh ko`zlaridan va qorin sohasidagi chandig`idan singlisi S.A.ning murdasi ekanligini qayd etgan. 

Bundan tashqari bedarak yo`qolgan fuqaro S.A.ning murdasi tashqi tomondan ko`zdan kechirilganda tan jaroxatlari yo`qligi ma`lum bo`ldi va mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo`shimcha axborot taqdim qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar