Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi, deb yozadi “Gazeta.uz".
Sherzod Shermatov (1977 yilda tavallud topgan) — Toshkent davlat texnika universiteti (1998 yil) va Yel universiteti (AQSh, 2000 yil) bitiruvchisi.
Bunga qadar Toshkentdagi Inha universiteti rektori lavozimida faoliyat ko`rsatgan. Ungacha esa Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasion texnologiyalar davlat qo`mitasi (hozirgi — Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi) raisi o`rinbosari edi.
Vazirning birinchi o`rinbosari lavozimida Intellektual mulk agentligi direktorligiga tayinlangan Alisher Fayzullaev o`rniga faoliyat ko`rsatadi.
Toshkentdagi Inha universiteti rektorligi esa mazkur OTMda ma`muriy masalalar bo`yicha menejer vazifasini bajargan Sarvar Boboxo`jaev tayinlandi.





