AsosiyJamiyat

Surxondaryoda bir kunda ikkinchi bor zilzila sodir bo`ldi

'Surxondaryoda bir kunda ikkinchi bor zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 23 noyabr kuni O`zbekiston hududida zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:08 da (Grinvich bo`yicha 23 noyabr 09:08 da) Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida 3,5 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 37,46 gradus shimoliy kenglik; 67,73 gradus sharqiy uzunlikka to`g`ri keladi.  

Er silkinishining chuqurligi 15 km, magnitudasi 3,5 ga teng. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 442 km janubi-g`arbda joylashgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar