AsosiyJamiyat

Farg`onada noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo`yildi

'Farg`onada noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tarzda kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug`ullanib kelgan shaxs qo`lga olindi.

Qo`qon shahrida yashovchi, 2004 y.t. mazkur fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tmasdan, ushbu shahardagi xonadonlarning birida kriptovalyuta ishlab chiqarish maqsadida elektr ta`minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, umumiy quvvati 104,2 kiloVatt/soat bo`lgan 31 dona “Vatsmayner M21S” qurilmalari va 2,16 kiloVatt/soat bo`lgan ventilyator va yoritgichlar, jami quvvati 106,3 kiloVatt/soat bo`lgan elektr qurilmalarini o`zboshimchalik bilan elektr tarmog`iga ulab, 2020 yildan 2023 yilga qadar jami 2 mln. 794 ming bir yuz kiloVatt elektr energiyasidan foydalanib, elektr ta`minoti korxonasining 12 mlrd. 369 mln. so`mlik mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilganligi aniqlandi. 

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar