AsosiyJamiyat

Birjada Ai-80 benzini uchun kiritilgan limit kamaytirildi

'Birjada Ai-80 benzini uchun kiritilgan limit kamaytirildi'ning rasmi

Birjada Buxoro NQIZda ishlab chiqariladigan Ai-80 benzinining maksimal xarid hajmini kuniga 4 tonnagacha pasaytirdi. Bu yoqilg`i quyish shoxobchalari va brokerlar so`ragan ayni chegaradir. Shu bilan birga, istisno tariqasida, boshqa ishlab chiqaruvchilarga 10 tonnadan sotishga ruxsat beriladi.

Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi tovar-xomashyo birjasida Ai-80 rusumli benzinni xarid qilishning kunlik limitini pasaytirdi. Bu bo`yicha qo`mita 21 noyabr kuni tegishli qarorni qabul qildi, 

22 noyabrdan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan Ai-80 benzinini birjada xarid qilishning kunlik limiti 10 tonnadan 4 tonnagacha pasaytirildi. Raqobat qo`mitasi limitni pasaytirish to`g`risidagi qaror o`tkazilgan tahlillar va kelib tushgan murojaatlar asosida qabul qilinganini qayd etgan.

Biroq, boshqa ishlab chiqaruvchilar, jumladan Seg Tasco (Saneg sho`ba korxonasi), Natural gas-stream hamda New silk road oil and gas kabilar uchun istisno tarzida Ai-80 benzinining kunlik xarid limiti 10 tonna bo`lib qoladi.

    Boshqa yangiliklar