AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bu yil ham anomal sovuq bo`lsa, gaz va svet muammosiga duch kelmaymizmi? (video)

'O`zbekistonda bu yil ham anomal sovuq bo`lsa, gaz va svet muammosiga duch kelmaymizmi? (video)'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo`lib o`tdi. Yig`ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova Energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudovga O`zbekiston bu yilgi anomal sovuqqa tayyormi mazmunida savol berdi. 

Xo`sh, bu yil ham anomal sovuq bo`lsa, gaz va svet muammosiga duch kelmaymizmi?

"O`tgan yili noyabr oyida bizda elektr energiyasiga kunlik cheklov kiritilgan edi. Bu butun respublika bo`yicha kuniga 10-16 mln kiloVatt/soat gacha, anomal soviq kunlarida 20 mln kiloVatt/soat gacha elektr energiyasiga cheklovlar kiritilgan edi.  

Eng asosiysi, Toshkentda bo`lgan muammoning sababi, tabiiy gazning bosimi tushib ketishi natijasida, elektrga yuklamalar ortdi. Bu esa sim, transformatorlar yonishiga sabab bo`ldi.  

Echim qanday bo`ldi? Eng avvalo Toshkentdagi energiya tizimi yuklamalari  dasturi tasdiqlandi. Ikkinchidan, isitish markazlarida gaz bosimi tushib ketgan qozonxonalarda mazut yoqishga ixtisoslashtirildi", dedi energetika vaziri.  

Shuningdek, Jo`rabek Mirzamahmudov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o`rinbosari Odiljon Tojievning vazirlik inqirozli holatga tushib qolmasligiga ishonadimi, degan savoliga ham javob berdi.  

"Qurilmalar bu temir. Anomal sovuq kelib, avariya bo`lsa, biz algoritm ishlab chiqqanmiz. Bu algoritm asosisida nima qilishimiz, kerak bo`lsa qaysi yirik iste`molchilar qatlamini cheklash haqida ham o`ylaganmiz. Qolaversa, o`tgan yili 22 noyabr holatiga zahiralarimizda 46 ming tonna mazut bo`lgan bo`lsa,  hozirda 340 ming tonna zahira bor", dedi vazir.

    Boshqa yangiliklar