AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik jurnalist Ukrainada halok bo`ldi

'O`zbekistonlik jurnalist Ukrainada halok bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda tug`ilib, 15 yoshida Rossiyaga ko`chib ketgan jurnalist Boris Maqsudov Ukrainada dronning zarbasidan jarohatlanib, vafot etdi.

“Rossiya 24” telekanali muxbiri Boris Baxtiyarovich Maqsudovning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qildim. Bu dahshatli yo`qotish. Haqiqiy professional va vatanparvar u jangovar postdagi askar kabi o`z burchini ado eta turib halok bo`ldi. Uning o`z kasbiga sadoqati, mardligi va matonati o`z hayotini jurnalistika bilan bog`lagan barchaga munosib o`rnak bo`lib qoladi.

Boris Baxtiyarovichning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiraman, dardingizga sherikman,” – deya hamdardlik bildirib yozadi Qrim rahbari Sergey Aksenov.

Boris Maqsudov Qoraqalpog`istonning Nukus shahrida tug`ilgan. Sochi davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Faoliyati davomida jurnalistikani tanlab, onasi va bobosining izidan borgan.

Televidenieda 18 yildan ko`proq muddat ishlagan Maqsudov so`nggi paytlarda “Rossiya 24” telekanali muxbiri sifatida Ukraina hududidagi harbiy amaliyotlarning borishi haqidagi reportajni suratga olish, tayyorlash va efirga uzatish bilan shug`ullanib kelayotgandi. 

    Boshqa yangiliklar