AsosiyJamiyat

Samarqandda daraxt kesgan mansabdorlar byudjetga 772 million 300 ming so`m zarar keltirishdi

'Samarqandda daraxt kesgan mansabdorlar byudjetga 772 million 300 ming so`m zarar keltirishdi'ning rasmi

Shu yilning 19 noyabr kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida noqonuniy daraxt kesganlar aniqlangan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tumanning bir nechta mansabdorlari Daxbed mahallasi hududida joylashgan „Daxbed mo`l hosil va Fazilov Sobir bog`i“ fermer xo`jaligi yaqinidan o`tuvchi mahalliy sug`orish arig`i yoqasida yashil belbog` (ihota) shaklida ekilgan qariyb 50-55 yoshlardagi 23 tup yong`oq daraxtlarini kesishgan. Oqibatda, ushbu mansabdor shaxslar davlat byudjetiga 772 million 300 ming so`m zarar keltirganligi ma`lum bo`lgan.

Hozirda daliliy ashyolar va tegishli hujjatlar to`planib, huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

    Boshqa yangiliklar