AsosiyJamiyat

Andijonda matbuot xizmatlarining oylik maoshi to`lanmayotgani aytilmoqda. Hokimlik chora ko`rish uchun aniq ma`lumot so`ramoqda

'Andijonda matbuot xizmatlarining oylik maoshi to`lanmayotgani aytilmoqda. Hokimlik chora ko`rish uchun aniq ma`lumot so`ramoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati va tumanlardagi matbuot xodimlarining oylik maoshi to`lanmayotgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi xabarlarga munosabat bildirdi. 

"Bu xabar o`z-o`zidan matbuot xizmatlariga oid qabul qilinadi. Ammo, viloyat hokimligi matbuot xizmatida bunday holat mavjud emas. Har bir xodim uchun maoshlar o`z vaqtida to`lanmoqda. Shuningdek, hozirda shahar va tumanlardagi hech bir matbuot xizmati tomonidan bu masalada muammo borligi aytilmagan. Mavjud masalalarning echimiga o`z vaqtida yondashilmoqda.  

Mazkur xabar matbuot sohasining boshqa bir qismiga tegishli ekani taxmin qilinadi. Agarda manzil yoki tizim aniq ma`lum qilinsa, viloyat hokimligi mazkur masala echimiga tegishli tartibda ko`maklashishga tayyorligini bildiradi", - deyiladi munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar