AsosiyJamiyat

Buxoroda "bog`cha opa" yosh bolani kaltakladi (video)

'Buxoroda "bog`cha opa" yosh bolani kaltakladi (video)'ning rasmi

Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda bog`cha tarbiyachisining yosh bolani urayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma`lum bo`lishicha, ushbu holat Kogon shahridagi “Quyoshjon” oilaviy nodavlat ta`lim tashkilotida sodir bo`lgan. 

Holat yuzasidan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur ma`lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Kogon shahar maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida o`rganish olib borilgan. 

O`rganish jarayonida ushbu holat joriy yilning 20 noyabr kuni soat 9:30 larda Kogon shahridagi “Quyoshjon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida sodir bo`lganligi aniqlangan.

Natijada, vazifasini qo`pol ravishda buzgan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Ayni paytda uning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi bildirilgan rasmiy munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar