AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva shaxmat bo`yicha jahon chempioni Afruza Hamdamovani tabrikladi

'Saida Mirziyoeva shaxmat bo`yicha jahon chempioni Afruza Hamdamovani tabrikladi'ning rasmi

Avvalroq, 14 yoshli Afruza Hamdamova Italiyada bo`lib o`tgan yoshlar o`rtasidagi chempionatda jahon chempioni bo`lgani haqida xabar bergan edik. Saida Mirziyoeva chempion qizni o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida tabriklab, post qoldirdi. 

"O`n to`rt yoshli shaxmatchi qizimiz Afruza Hamdamova Italiyada bo`lib o`tgan yoshlar o`rtasidagi chempionatda mamlakatimiz tarixida birinchi bor jahon chempioni bo`ldi!

Afruza o`tgan yili «Zakovat-Gambit» turnirining C toifasida g`olib bo`lgan edi, bugun esa u — jahon chempioni!

Tabriklayman, Afruza! Bu — misli ko`rilmagan muvaffaqiyat, tengdoshlar uchun zo`r motivasiya va mamlakatimiz uchun iftixor manbaidir! Qizlarimiz uchun jahon birinchiliklari sari yo`lni dadil ochib berganingiz uchun tashakkur!

Murabbiylaringiz va ota-onangizga ham katta rahmat", deb yozadi Mirziyoeva. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar