AsosiyJamiyat

Antikorrupsiya agentligi “Haj” uchun navbatni ochiq e`lon qilinishini so`ramoqda

'Antikorrupsiya agentligi “Haj” uchun navbatni ochiq e`lon qilinishini so`ramoqda'ning rasmi

Antikorrupsiya agentligi “Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolar ro`yxatining xolis va adolatli shakllantirilishi hamda ochiq e`lon qilinishi o`rgandi. 

Ma`lum qilinishicha, agentlik Ishchi guruhi tomonidan “Haj” tadbirini  tashkil etish va o`tkazish to`g`risidagi nizom talablarining ijrosi ta`minlanishi Urganch shahri va Urganch tumani misolida o`rganilgan.

O`rganish davomida:

- fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ro`yxat asosida ziyoratchilarning navbati (ro`yxatdan o`tkazilishi);  

- arizalarni belgilangan tartibda hokimlikdan ro`yxatdan o`tkazish, ularni ko`rib chiqish natijasini fuqaroga rasmiy ma`lum qilish amaliyoti bilan tanishilgan. 

Ma`lumot o`rnida: Agentlik tomonidan “Haj”  ziyoratiga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to`g`risidagi ma`lumotlarni ochiq e`lon qilinishi kerak bo`lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma`lumotlar ro`yxatiga kiritish taklif etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar