AsosiyJamiyat

"Tangem" G`azodagi bolalar uchun 38 ming dollardan ortiq xayriya qildi

'"Tangem" G`azodagi bolalar uchun 38 ming dollardan ortiq xayriya qildi'ning rasmi

Janubiy koreyalik aktrisa, o`zbek tomoshabinlariga "Saroy javohiri" serialida "Tangem" obrazi bilan tanish bo`lgan Li Yong E Yaqin Sharq mojarosida jabrlangan bolalarni qo`llab-quvvatlash uchun 50 million von (taxminan 38,4 ming AQSh dollari) xayriya qildi, deya yozmoqda Zamon.uz. 

"BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (UNOCHA) bergan ma`lumotga ko`ra, 20 noyabr holatiga G`azo sektorida halok bo`lgan 11 078 kishining 4 506 nafari bolalardir. Infratuzilmaning buzilishi va insonparvarlik yordamiga cheklovlar tufayli qurbonlar soni ortmoqda", – deyiladi Koreya Qizil xoch tashkiloti xabarida.

Yong E tomonidan qilingan xayriya pullar jabrlangan hududlardagi bolalarga tibbiy yordam va Xalqaro Qizil Xoch harakati orqali insonparvarlik yordami etkazib berish kabi ishlarga sarflanadi.

    Boshqa yangiliklar