AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqda shaxslarning fotosurati va ovozini soxtalashtirganlar va qo`rqitib pul talab qilganlarga jazo kuchaytiriladi

'Ijtimoiy tarmoqda shaxslarning fotosurati va ovozini soxtalashtirganlar va qo`rqitib pul talab qilganlarga jazo kuchaytiriladi'ning rasmi

Senatning qirq ettinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Ta`kidlanganishicha, mobil qurilmalar hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarga zararli dastur yuborish yo`li bilan bloklab (to`sib) qo`yish, ma`lumotlarini o`chirib yuborish, o`zgartirish yoki olib qo`yish bilan qo`rqitib shaxslardan pul yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, maxsus dasturlar yordamida shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik ma`lumotlarini soxtalashtirish holatlari ham uchramoqda.

Shu bois, Jinoyat kodeksidagi (165-modda) tovlamachilik tushunchasiga o`zgartirish kiritilib, sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog`liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

    Boshqa yangiliklar