Afro-amerikalik Jorj Floydning o`ldirilishi bo`yicha shov-shuvli ishda ayblangan sobiq polisiyachi Derek Shovin Amerika qamoqxonasida pichoqlandi. Bu haqda Assotiated Press xabar bermoqda.
“Derek Shovin Arizona qamoqxonasida boshqa mahbus tomonidan pichoqlangan”, — deyiladi agentlik bayonotida.
AP manbalariga ko`ra, ijroiya jazo tizimi xodimlari sobiq polisiyachiga birinchi yordam ko`rsatgan, shundan so`ng u kasalxonaga yotqizilgan. Agentlik, shuningdek, Arizona qamoqxonasida zaif xavfsizlik va xodimlarning kamligini qayd etdi.
Eslatib o`tamiz, afro-amerikalik Jorj Floyd 2020 yilning 25 may kuni polisiya xodimi Derek Shovin uni hibsga olib, qattiq ushlab, erkakni tizzasi bilan bo`g`ib o`ldirganidan keyin vafot etdi. Shundan so`ng aholi ko`chalarga chiqib, do`konlarni buzib, polisiya bo`limlarini yoqib yuborishni boshladi. Ularga boshqa shaharlar va hatto davlatlar qo`shildi. 2022 yil iyul oyida Floydni o`ldirishda ayblangan sobiq polisiyachi Derek Shovin yangi hukm oldi. U dastlab afro-amerikalik erkakni o`ldirishda ayblangan, keyin esa jabrlanuvchining fuqarolik huquqlarini buzgani uchun 20 yildan ortiq muddatga hukm qilingan. Keyinroq Floydning o`limiga aloqador yana bir polisiyachi uch yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.