Ijtimoiy tarmog`larda ehson qutisini olib ketganligi to`g`risida video tarqaldi.
O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlanishicha, E.N. o`ziga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasida joriy yilning 20 noyabr kuni tungi soat 02:12larda sheriklari B.V. hamda S.A. birga “Sarmazor” jome masjidining tashqarisiga qo`yilgan bir dona ehson qutisini ichida bo`lgan 80.000 so`m puli bilan olib ketganliklari aniqlangan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda ehson qutisi daliliy ashyo tariqasida olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






