Kecha, 25 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" saroyida Jah Khalib'ning konsert dasturi bo`lib o`tdi.
Ayrim manbalar tartibsizliklarning konsert uchun sotilgan soxta chiptalar oqibatida kelib chiqqani haqida yozishmoqda.
Holat yuzasidan Milliy gvardiya Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Ushbu konsertga tashrif buyurgan fuqarolar "Humo arena" saroyiga kirish joylarida katta tirbandlik hosil qilgan va tartibsizlik holatlari yuz bergan.
Shu erda xizmat olib borayotgan xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzganlikda gumonlangan fuqarolar voqea joyidan xavfsiz hududga olib chiqilgan va yuz berishi mumkin bo`lgan salbiy holatlarning oldi olingan.
"Tartibuzarlikka doir holat yuzasidan surishtiruv va o`rganish ishlari olib borilmoqda. Barcha fuqarolar voqea joyidan tarqatilgan. Tan jarohati olganlar yo`q", – deyiladi xabarda.






