AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlashda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi

'Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlashda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 14 yoshli qiz etti oy davomida majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelingani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabat bildirgan edi.

14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlab kelishda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (voyaga etmagan shaxsga nisbatan odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, hozirda tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar