AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onda yog` ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

'Kattaqo`rg`onda yog` ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “M.A.” MChJ rahbari V.X. o`ziga tegishli noturar joy binoda yashirin sex tashkil etib, iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yaroqsiz yog` mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 7 740 kg. chigit, 3 dona juvoz uskunasi, 3 dona elektr dvigatel va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar