AsosiyJamiyat

Jah Khalib konsertiga soxta chipta sotganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Jah Khalib konsertiga soxta chipta sotganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Xonanda Jah Khalib'ning konsertiga kirish uchun fuqarolarga soxta bilet sotganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Xabarga ko`ra, ushbu konsert dasturiga kirish uchun fuqarolarga soxta bilet sotilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda deyiladi, xabarda. 

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 25 noyabr kuni "Humo arena" majmuasiga konsertga kelgan fuqarolar konsertga kirishda tartibsizlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik. 

Shuningdek, mazkur holat Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan nazoratga olinib, og`ir oqibatlar sodir bo`lishining oldi olingan.

Lekin ayrim ijtimoiy tarmoq faollari ushbu tartibsizlik jarayonida go`yoki bir nechta fuqarolar jarohat olgani va vafot etganligi haqida asoslanmagan va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmoqda.

O`tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holatda birorta fuqaro jarohat olganligi va vafot etganligi haqida xabar kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar