Sirdaryoda juda katta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi
x
Shirin shahri va Boyovut tumanlarida jami quvvati 1500 MVt bo`lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining dastlabki bosqichi tarmoqqa ulandi.
Ushbu loyiha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar hisobiga amalga oshirildi. “Mitsubishi” (Yaponiya) kompaniyasining dunyodagi eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari o`rnatildi.
Hozir 500, joriy yil so`ngida 1 000, 2024 yilning birinchi choragida esa to`liq 1500 MVt quvvatga chiqariladi.
Stansiya to`liq ishga tushirilgach, avvalo, yiliga 12 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Xo`sh, bu elektr qanchaga etadi?
Bu hajmdagi elektr energiyasi yurtimizdagi 3 milliondan ziyod xonadonning bir yillik yoki barcha aholi iste`molchilarining qariyb 8 oylik iste`molini qoplash imkonini beradi.
Qishdan oldin zo`r xabar! Sirdaryoliklar “svet” muammosidan qutilyapti
Bu stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi O`zbekistondagi barcha aholining (!) qariyb 8 oylik iste`molini qoplash imkonini beradi‼️






