1

Ogohlik har doim, har erda kerak

Jamiyat 04.11.2016, 19:12
Ogohlik har doim, har erda kerak

Toshkent viloyatidagi harbiy qismlaridan birida “Oilani saqlashda ayol va erkakning tutgan o`rni” mavzusidagi tadbir bo`lib o`tdi. Unda tegishli idora va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, harbiylarning oila a`zolari ishtirok etdi.

Tadbirda so`z chiqqan podpolkovnik Z.Ro`ziev, Toshkent shahridagi “To`ra buva” jome masjidi imom-xatibi Z.Aysqov, O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi bosh mutaxassisi I.Karimova, “Saodat” jurnali bosh muharriri F.Jalilova va boshqalar tinchlik va osoyishtalikni saqlashda harbiy xizmatchilarning o`rni, yurtimizda ayollarning jamiyatdagi mavqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholini, ayniqsa, yoshlarimizni turli zararli oqimlar ta`siridan himoyalash singari masalalarga to`xtalib o`tdilar.

Ta`kidlanganidek, bugungi kunda ogohlik, hushyorlik, Er yuzida mafkuraviy qarama-qarshiliklar avj olayotgan ayni damda har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotir. Turli yovuz kuchlar, dinni o`z chirkin  maqsadlari yo`lida niqob qilib olgan kimsalar yoshlarni o`zlariga og`dirish uchun turli usularni qo`llayotgani, ayrim hollarda bunga muvaffaq bo`layotgani achinarlidir. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa, har birimizdan sergaklik, diqqat va e`tibor talab qilinadi.

Shuningdek harbiylik naqadar mas`uliyatli va sharafli kasb ekanligi, bu soha vakillari Vatan oldidagi burchini sharaf bilan ado etishlari uchun ularning oila a`zolari ham yordam berishlari lozimligi qayd etildi, oilalarning mustahkamligini ta`minlashda ayollarimizning oldida turgan ulkan vazifalar  sanab o`tildi.

Tadbir ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

                                      ***

Poytaxtimizdagi harbiy qismlardan birida o`tgan tadbirlardan yana biri “Tinchlik – eng oliy ne`mat, uni asrash barchamizning burchimiz” shiori ostida o`tdi. Unda bir qator idora va tashkilotlarning mas`ul xodimlari, harbiy xizmatchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda “Vatan muqaddasdir” nomli film tomoshabinlar hukmiga havola etildi.

Tadbirda so`zga chiqqan polkovnik I.Ibragimov, podpolkovnik U.Bo`taev, O`zbekiston Musulmonlari idorasi mas`ul xodimi I.Ma`rupov va boshqalar tinchlikning g`oyat ulug` ne`mat ekanligi, uni saqlash har birimizdan katta mas`uliyat talab etishini aytib o`tdilar.

Darhaqiqat, yurtimizda tinchlik, osoyishtalik hukm surayotgan bir paytda dunyonin turli nuqtalarida qirg`inbarot janglar davom etayotir. Eng dahshatlisi bu qatlu qirg`inlar azaldan insonparvarlik, ezgulik dini hisoblangan Islom nomidan sodir etilmoqda. Bu kimsalar o`zlarining kirdikorlarini “jihod”, “hijrat”, “shahidlik” singari atamalar bilan niqoblashga urinmoqdalar.

Xususan, bir guruh aqidaparast terrorchilar  bosqinchilik va zo`ravonlik  yo`li bilan egallab olingan  hududni “islom davlati” deb atab, u erda misli ko`rilmagan vahshiyliklarni amalga oshirishmoqda. Qanchadan-qancha begunoh insonlar kurakda turmaydigan ayblovlar bilan vahshiyona qiynoqlarga duchor etilmoqda, g`addorlarcha qatl qilinmoqda. Ular tomonidan ming-ming yillik tarixiy obidalar, osori atiqalar er bilan yakson etilmoqda. Ming afsuski, ular safida bizning vatandoshlarimiz, millatdoshlarimiz ham uchrab turibdi.

Bunday noxush hollarning oldini olish uchun esa, har bir oilada, mahallalarda, ta`lim-tarbiya muassasalarida yoshlarimizning  ta`lim-tarbiyasiga jiddiy e`tibor qaratish, ular ongida ma`naviy bo`shlik paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ularga sof islomiy qadriyatlar va aqidaparastlik g`oyalari o`rtasidagi tafovutlarni tushuntirib berishni vaziyatning o`zi taqozo etmoqda.

Tadbir ishtirokchilariga bu borada amalga oshirish lozim bo`lgan ishlar xususida keng tushunchalar berildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1