Toshkent shahrida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Qudratullaev Baxtiyor Zafarovich qo`lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko`p miqdorda tovlamachilik) bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o`tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlangan. Jumladan,
- 1971 yilda tug`ilgan Qudratullaev Baxtiyor Zafarovich (165-modda 3-qismi, juda ko`p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko`p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);
- 1980 yilda tug`ilgan Sharipov Dilshod Tulkinovich (165-modda 3-qismi, juda ko`p miqdorda tovlamachilik);
- 1972 yilda tug`ilgan Mirzaxanov Anvar Babarajabovich (165-modda 3-qismi, juda ko`p miqdorda tovlamachilik).
Bu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo`li bilan pul mablag`larini qonunga xilof ravishda qo`lga kiritish bilan shug`ullangan. Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullaev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a`zolaridan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.