AsosiyJamiyat

Bayram munosabati bilan "Samarqand — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha Afrosiyob qatnovi yo`lga qo`yildi

'Bayram munosabati bilan "Samarqand — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha Afrosiyob qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Joriy yilning 8-9 dekabr kunlari 767/768-sonli va 10 dekabr kuni 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, ushbu qo`shimcha qatnov yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi

Samarqand 11:13 — Toshkent 13:23

768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi

Toshkent 13:39 — Samarqand 15:49

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi

Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

Ma`lumot o`rnida, qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar