Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman bo`limi tomonidan tuman gaz ta`minoti bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.D. va N.K. “B.” MFY hududidagi issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulab, 321,5 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 482,3 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangi Namangan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.A. o`ziga tegishli savdo do`konida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga tijorat maqsadida o`zboshimchalik bilan ulanib, jami 311,8 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Sho`rchi tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.T.” MChJ mas`ul shaxslari tosh maydalovchi uskunasining elektr hisoblagich tamg`asini buzib, jami 122,3 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi
aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
04.12.2023 17:57
3 ta hududda gaz va "svet"ga noqonuniy ulanganlar qo`lga tushdi






