AsosiyJamiyat

“Karbamazepin” tabletkasining ichidan soch tolasi chiqdi

'“Karbamazepin” tabletkasining ichidan soch tolasi chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Karbamazepin" dori vositasi birlamchi qadog`idan soch tolasi chiqqanligi haqida videomurojaat e`lon qilindi. Holat yuzasidan SSV huzuridagi "Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Davlat muassasasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hozirda holat ushbu markaz tomonidan o`rganilmoqda. Mazkur preparat o`rnatilgan tartibda laboratoriya tahlillaridan o`tkazilgandan so`ng vaziyat bo`yicha qo`shimcha axborot berilishi aytildi.

"Agarda siz dori vositalarining sifatsiz, belgilangan talablarga nomuvofiq ishlab chiqarilgan, nuqsonli holatlariga duch kelsangiz yoki uning sifatidan shubhalansangiz Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga murojaat qiling. Bunda o`ram yoki qadoqdagi dori vositasi bilan birga uning xarid (tovar va kassa) chekini taqdim etishingiz kerak bo`ladi. Manzil: Toshkent sh., Ozod ko`chasi, K. Umarov tor ko`chasi, 16-uy, telefon (71) 203-01-01 ichki raqam 23-40). 

Eslatib o`tamiz, har bir murojaat qonunda belgilangan tartibda o`rganilib, dori vositasining zararli ta`sirini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo`lgan taqdirda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizasiya qilinishini to`xtatib turish bo`yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi hamda ta`sir choralari qo`llanilishini ma`lum qilamiz", deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar