AsosiyJamiyat

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 580 mln. so`mlik zarar etkazdi (video)

'Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 580 mln. so`mlik zarar etkazdi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Paxtachi tumanidagi xususiy korxona rahbari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida ko`rsatilgan zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, qaror talablariga zid ravishda, texnik shartda ko`rsatilgan loyihadan tashqari o`zboshimchalik bilan alohida gaz quvuri o`tkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan holda ohak ishlab chiqarish bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati Darakchi.uz ga ma`lum qildi. 

“O`zenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat bo`limi tomonidan berilgan xulosaga ko`ra, mazkur korxona 387245 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi natijasida davlat manfaatlariga 580 mln. so`mlik zarar etkazganligi ma`lum bo`ldi. 

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar