AsosiyJamiyat

Endi qarg`ish uchun ham javobgarlik bormi? Adliya vazirligi izoh berdi

'Endi qarg`ish uchun ham javobgarlik bormi? Adliya vazirligi izoh berdi'ning rasmi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “qarg`ish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqatilib, go`yoki Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga tegishli havola ham keltirib o`tilgan. Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva tarqalgan xabarlarga izoh berdi. 

Unga ko`ra, mazkur xabar haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Ushbu mazmundagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmagan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilgan loyihalarga tizim tomonidan avtomatik ravishda tegishli identifikasiya (ID) raqami beriladi va ushbu ID raqam havolada aks etadi.

Misol uchun, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yilning eng namunali mahalla yoshlar etakchisi”ni aniqlash bo`yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasiga tizim tomonidan 83183 ID raqami berilgan va bu tegishli havolada ham aks etgan (regulation.gov.uz/oz/d/83183).

"Ijtimoiy tarmoq kanallari yurituvchilaridan yolg`on va noxolis, tekshirilmagan axborotlarni jamoatchilikka tarqatish orqali fuqarolarimizda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga yo`l qo`ymasliklarini so`rab qolamiz",deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar