AsosiyJamiyat

Urganch–Xiva–Urganch yo`nalishida trolleybuslar harakati qayta yo`lga qo`yildi (video)

'Urganch–Xiva–Urganch yo`nalishida trolleybuslar harakati qayta yo`lga qo`yildi (video)'ning rasmi

Xorazm viloyati hokimligi Trolleybus boshqarmasiga qarashli yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida tegishli ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli joriy yilning 20-noyabridan Urganch – Xiva – Urganch yo`nalishida harakatlanuvchi trolleybuslar harakati vaqtincha tto`xtatilgan edi. Transport vazirligining xabar berishicha, harakat qayta yo`lga qo`yilgan.

“Xorazm trolleybus boshqarmasi” DK tomonidan joriy yilning 30-noyabridan Urganch – Xiva – Urganch yo`nalishida trolleybuslar harakati qayta tiklanib, yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish boshlandi.

Mazkur yo`nalishda 8 ta harakat tarkibi tonggi 6:45 dan 18:45 ga qadar yo`lovchilarga xizmat ko`rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar