AsosiyJamiyat

10 ta tumanda qalbaki aksiz markali alkogol va tamakilar savdosiga chek qo`yildi

'10 ta tumanda qalbaki aksiz markali alkogol va tamakilar savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog`ot, Qo`shko`pir va Shovot tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlardagi 4 ta MChJ va 1 ta oilaviy korxonaga qarashli savdo shoxobchalarida 47 xil turdagi jami 2 910 dona aksiz markasiz alkogol mahsulotlari sotuvga qo`yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Qo`qon shahar, Beshariq, Bag`dod tumani bo`limlari tomonidan Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda 3 ta MChJga qarashli savdo do`konlarida tegishli hujjatlari bo`lmagan har xil turdagi jami 1 572 dona  aksiz markasiz alkogol hamda 278 quti tamaki mahsulotlari savdoga qo`yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Termiz shahar, Muzrabot, Bandixon, Qumqo`rg`on tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlarda 4 ta xususiy korxonaga qarashli savdo do`konlarida jami 976 dona qalbaki aksiz markasiz alkogol mahsulotlari savdoga qo`yilganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar