Andijon viloyatining Izboskan tumanida 8 tonnalik osh tayyorlandi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Konstitusiyasining 31 yilligi munosabati bilan Guliston mahallasida bir qator tadbirlar o`tkazilgan. Mazkur tadbirlar doirasida mahalla markazida 8 tonnalik osh tayyorlandi.
Mega palovni tayyorlashda 40 nafar oshpaz ishtirok etdi. Osh tayyor bo`lgach mahalliy aholiga tarqatildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, palovga quyidagi miqdorda masalliqlar solindi:
— 2 000 kg guruch;
— 1 000 kg mol va qo`y go`shti;
— 800 kg paxta va kungaboqar yog`i;
— 2 500 kg sabzi;
— 600 kg piyoz;
— 400 litr suv;
— 100 kg mayiz;
— 100 kg no`xat;
— 10 kg zira;
— 70 kg tuz.
Eslatib o`tamiz, bir necha yil avval Surxondaryo viloyatining Denov tumani oshpazlari 8,8 tonna osh tayyorlab, rekord qo`yishgan.