Joriy yilning 10 dekabr kuni soat 11:00 da Yangi Nafas xalqaro sport harakatining boshqaruvi ostida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlangan jamoaviy musobaqalar bo`lib o`tadi.
Yangi Nafas – ekiden musobaqalari erkaklar, ayollar va aralash estafetada o`tkaziladi.
Tasdiqlangan nizomga asosan, aralash estafeta tarkibida kamida 2 ta ayol va eng ko`pi bilan 5 ta erkak bo`lishi kerak. Jamoada 6 nafar erkak va 1 nafar ayol ishtirok etadigan holda, jamoa erkaklar toifasida ishtirok etadi.
Ayni paytda iticket.uz saytida ro`yxatdan o`tish jarayoni ochiq bo`lib, havola orqali o`tish mumkin.
Yangi Nafas – Ekidenning g`alaba qozongan jamoalariga tashkilotchilar tomonidan quyidagi pul mukofotlari topshirilishi ko`zda tutilgan:
1 - o`rin uchun – 7 000 000 so`m
2 - o`rin uchun – 5 000 000 so`m
3 - o`rin uchun – 3 000 000 so`m
Musobaqani tashkil etishda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, "O`zbekneftgaz" AJ, O`zbekiston engil atletika federasiyasi va bir qator tashkilotlar ishtirok etmoqda.