AsosiyJinoyat

Xorazmdagi reydda 15 kishi ushlandi

'Xorazmdagi reydda 15 kishi ushlandi'ning rasmi

Xorazm viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan  DXX viloyat boshqarmasi bilan o`zaro hamkorlikda “Xavfsiz hudud - dolzarb qirq kunligi” tezkor-profilaktik tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Jarayonda viloyat hududida turli jinoyatlarga aloqador fuqarolar aniqlanib, gumondorlarning yashash uylarida o`tkazilgan tintuvlar jarayonida 4 kg 800 grammdan ortiq og`irlikdagi giyohvandlik vositalari, 97 dona psixotrop moddalar,  1 ta pnevmatik qurol, 2 ta sovuq qurol (bita va kastet) ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Xozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, 276-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, 3 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Dastlabki tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.

Bundan tashqari yuqoridagi tezkor-profilaktik tadbir davomida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.

    Boshqa yangiliklar