Qozog`istonning “Tan-Sholpan” (“Tong yulduzi”) jurnali 2023 yilni “O`zbek adabiyoti yili” deb belgilagan. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan jurnal yil boshidan buyon o`zbek zamonaviy adabiyoti vakillarining asarlaridan namunalarni qozoq tiliga tarjima qilib, chop etmoqda.
Jurnalning bosmadan chiqqan navbatdagi 5-sonida O`zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, yozuvchilar Akbar Mirzo, G`afur Shermuhammad, shoirlar Nodir Jonuzoq va Xosiyat Rustamovaning she`r va hikoyalari qozoq tilida nashr etildi.






