Samarqand viloyatida ham Respublikamizning boshqa viloyatlari singari “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruxlarga a`zo bo`lgan, ijtimoiy muxitga salbiy ta`sirini o`tkazishga uringan bir necha shaxslar qo`lga olinmoqda.
Xususan, Maxsus xizmat va xuquq-tartibot idoralar tomonidan o`tkazilgan reyd tadbirlari davomida, Samarqand viloyatida 47 nafar jinoiy guruh a`zolari qo`lga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi, 25 nafari ma`muriy tartibda qamoqqa olindi.
Reyd tadbirlari davomida, ushbu shaxslardan giyoxvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va b.) prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi. Hozirda, maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.






