AsosiyJamiyat

Silk Avia bayram arafasida barcha yo`nalishlarga chegirma e`lon qildi

'Silk Avia bayram arafasida barcha yo`nalishlarga chegirma e`lon qildi'ning rasmi

“Silk Avia” aviakompaniyasi Yangi yil bayrami arafasida barcha mahalliy yo`nalishlarga chegirma e`lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Aviachiptalar uchun pasaytirilgan narxlar joriy yilning 6 dekabridan boshlanadi.

Yo`lovchilar mavjud yo`nalishlarga aviachiptalarni o`rtacha 40% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Toshkentdan Farg`ona, Namangan hamda Qarshi shaharlariga chiptalarni 188 ming so`mdan xarid qilish mumkin. Shuningdek, poytaxtdan Samarqandga 202 ming so`mni, Buxoro va Navoiyga esa 215 ming so`mni Termiz hamda Urganchga 295 ming so`mni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar